O‘zbekiston

Moped va skuterlar bilan bog‘liq YTH 50 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining aytishicha, yil boshidan buyon mamlakatda 300 dan ortiq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Фото: Ситуативное

2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda skuter va mopedlar ishtirokida 300 dan ortiq YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2025 yilning yanvar-avgust oylarida sodir bo‘lgan bunday yo‘l-transport hodisalari oqibatida 53 kishi halok bo‘lgan, yana 259 kishi turli tan jarohatlari olgan. Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, bunday statistika moped va skuter haydovchilari uchun yo‘l harakati qoidalarini bilish va transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish zarurligini yaqqol ko‘rsatadi.

Ushbu qoidalarga rioya qilmaslik ko‘plab odamlarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi, — dedi Zoir Yo‘ldoshev.

Eslatib o‘tamiz, 1-oktyabrdan boshlab moped va skuterlarni boshqarishga ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin va “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina ruxsat beriladi. Qoida foydalanishda bo‘lgan va dvigatelining ishchi hajmi 25 sm³ dan 50 sm³ gacha bo‘lgan, shuningdek elektr dvigatelining quvvati 0,25 kVt dan 4 kVt gacha va konstruktiv tezligi 25 dan 50 km/soat gacha bo‘lgan transport vositalariga taalluqli.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная