O‘zbekiston

Momaqaldiroq va shamol: 22-may uchun ob-havo

Ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.

Momaqaldiroq va shamol: 22-may uchun ob-havo

22-may kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim hududlarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 36-38° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ayrim tumanlarda esa 22 metrgacha kuchayib, chang ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati kechasi 17-22°, kunduzi 27-32° bo‘ladi;
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 22 metrgacha kuchayishi mumkin.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor. Tundagi harorat 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid