Moliya vazirligi fuqarolarni Open Budget`da ovoz berishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi
Vazirlikka yuzlab shikoyat xatlari kelib tushgan.

O‘zbekistonliklar Open Budget’da ovoz berishdagi firibgarlik haqida ogohlantirildi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarga norasmiy Telegram botlar orqali ovoz berishda ishtirok etish uchun pul taklif qilinadi. Shu bilan birga, ovoz berishdan keyin odamlar pul olmaydi. Bu kabi holatlar bo‘yicha vazirlikka yuzlab murojaatlar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, ovoz berish rasman faqat Open Budget portali, Android va iOS uchun mobil ilovalar hamda rasmiy Telegram bot orqali amalga oshiriladi. Berilgan ovozlar uchun to‘lov undirilmaydi, moddiy rag‘batlantirish ko‘zda tutilmagan.
“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering. Shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalarga bermang. Firibgarlarning hiyla-nayranglariga aldanib qolmang”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “Ochiq byudjet” loyihalari majburiy ovoz berish uchun ko‘rib chiqishdan olib tashlanadi. Moliya vazirligi Quva tumanidagi maktabda o‘qituvchilarni ovoz berishga majburlash holatidan so‘ng qaror qabul qildi.Vazirlik, shuningdek, majburiy ovoz yig‘ish holatlariga duch kelgan fuqarolar 71 200-06-00 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini eslatdi.
Izohlar