Mirziyoyev YIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan suhbatlashdi — asosiylar
Tomonlar mintaqaviy kun tartibini muhokama qildi va bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stipraysni qabul qildi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Maʼlumotga koʻra, YI maxsus vakili Yevrokengash Prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Joriy yil aprel oyida Samarqand shahrida o‘tgan «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha umumiy qiymati 12 milliard yevrolik aniq loyihalarni tez fursatda tayyorlash va ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Avvalroq O‘zbekistonda Yevropa investitsiya bankining hududiy vakolatxonasi ochilishi xabar qilingandi. Muzokaralar yakuni boʻyicha Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Ittifoqi rahbarlari ikkita eman daraxti oʻtqazgan.
Izohlar