O‘zbekiston

Mirziyoyev Xitoyda Putin bilan suhbatlashdi — asosiylar

Prezidentlar xalqaro ahamiyatga molik masalalarni ham muhokama qildi.

2-sentyabr kuni Pekin shahrida Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi davlat rahbari va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.

Ilgariroq bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sur’atini saqlab qolishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani ta’kidlandi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirishni jadallashtirish, hududlar o‘rtasida va tashkil etilgan qo‘shma sanoat parklari doirasida kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Gumanitar sohada, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim yo‘nalishlarida samarali hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Avvalroq Mirziyoyev Putin bilan Alyaskadagi Tramp bilan muzokaralarini muhokama qilgandi. O‘zbekiston prezidenti erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная