Mirziyoyev mehnat ta’tilidan qaytdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 kun davom etgan mehnat ta’tilidan qaytdi.
5-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qayd etilishicha, joriy haftada prezident huzurida ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, hafta davomida (7−9-avgust) Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.
Davlat rahbari Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Hafta yakunida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat rahbari aprel oyida ta’tilga chiqqandi. Bundan avval 2023-yilning dekabr oyida, undan avval esa 2022-yilning yanvarida qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Prezident Paralimpiyada chempionlari — Sherzod Namozov va Husniddin Norbekov bilan telefonlashdi Prezident ikki karra Paralimpiya chempioni Bobur Omonovga qoʻngʻiroq qildi Uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi Prezident Paralimpiya chempionlari Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan qo‘ng‘iroqlashdi Prezident marhum akademik xonadoniga borib, oilasiga hamdardlik bildirdi