Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy ID-kartalarini o‘zaro tan olish taklifini ilgari surdi
Qozogʻiston poytaxti Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvi oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq soʻzladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tgan tadbirda Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari prezidentlari, shuningdek, faxriy mehmonlar sifatida Ozarbayjon prezidenti va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze ham qatnashdi.
O‘zbekiston rahbari o‘z nutqida mintaqada birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.
Prezident nutqi davomida mintaqaviy sheriklikning yangi drayveri sifatida turizm sohasi belgilanganini taʼkidladi. Shuningdek, turizm almashinuvini kengaytirish maqsadida milliy ID-kartalarni o‘zaro tan olish masalasini o‘rganish va «bitta tur – butun mintaqa» tamoyili asosida ommaviy turizm mahsulotlarini ishlab chiqish taklif qildi.
O‘zbekiston rahbari ushbu uchrashuvning samarali natijalari Markaziy Osiyoda do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari yanada mustahkamlanishiga, mintaqa xalqlari farovonligi yo‘lida amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi Mirziyoyev Tataristonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi Tadbirkordan ortiqcha hujjat soʻragan davlat organlari javobgarlikka tortiladi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yangi rahbar tayinlandi