Mirzayev ishdagi muvaffaqiyatsizliklari uchun Ohangaron hokimini ishdan bo‘shatdi
Toshkent viloyati rahbarida yangi nomzod topildi va u zudlik bilan ma’qullandi.

1-noyabr kuni Ohangaronda xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, shahardagi ishlar holati bo‘yicha “tanqidiy nutq” so‘zladi, shundan so‘ng Muzaffar Rajabboyevni ishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun Ohangaron hokimi lavozimidan ozod qildi.
Shundan so‘ng Zoyir Mirzayev hokimlikka yangi nomzod — Muzaffar Rajabboyevning qurilish, kommunikatsiyalar, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Sadriddin Shoqosimovni ko‘rsatdi.
Nomzod shaharning yaqin kelajakdagi rivojlanish istiqbollari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi, shundan so‘ng deputatlar Sadriddin Shoqosimovni Ohangaron hokimi etib tasdiqladi.
Izohlar