Migratsiya agentligi ogohlantirish bilan chiqdi
Migratsiya agentligi sovuq ob-havo sababli Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi.

Migratsiya agentligi 9-yanvar kuni Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ob-havo sharoiti bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Magistral yo‘llarda kuchli qor bo‘ronlari hamda muzlash holatlari kuzatilmoqda. Bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.
“Shu munosabat bilan, qo‘shni davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, juda zarur bo‘lganda poyezd yoki samolyotga chiqishlarini, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmay turishlaringizni so‘raymiz”, deyiladi agentlik xabarida.
Мавзуга оид хабарлар:
Mart oyida qanday ob-havo kuzatilishi prognoz qilindi Poytaxt hokimligi fuqarolarni ogohlikka chaqirdi 26-fevral kuni ayrim joylarga qor yogʻadi “Oʻzgidromet” 25-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʻlum qildi Hafta davomida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
Soʻnggi yangiliklar







