14 Fevral 2025, 15:27 Oʻzbekiston

Metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha cheklandi

O‘zbekistonda gazga bo‘lgan talabning oshishi va ob-havoning sovishi tufayli metan zapravkalariga gaz yetkazib berish vaqtincha qisqartirildi.

Metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha cheklandi

O‘zbekistonda 9−12-fevral kunlari avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) ga gaz yetkazib berishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi, deya xabar qildi “O‘zenergoinspeksiya”.

Inspeksiya ma’lumotlariga ko‘ra, ob-havo keskin sovigan davrlarda gaz uzatish tizimida bosimni barqaror ushlab turish maqsadida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga gaz ustuvor ravishda yetkazib berilmoqda. Gaz quvurlaridagi bosim normallashgandan keyingina gaz metan zapravkalari o‘rtasida bosqichma-bosqich to‘liq hajmda taqsimlanadi.

“9−12-fevral kunlari respublikaning barcha hududlarida tashqi havo-haroratining keskin sovib ketishi natijasida tabiiy gazga ehtiyoj ortganligi sababli mahalliy hokimliklar tomonidan kiritilgan grafiklarga asosan AGTKSHlarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik qisqartirilgan”, — deyiladi 12-fevral kungi xabarda.

Mashhur yangiliklar