Markaziy osiyolik dehqonlar tarvuzga talab pasayganidan shikoyat qilmoqda
O‘zbekiston va unga qo‘shni ayrim davlatlarda tarvuz narxining tushib ketishi hamda unga bo‘lgan talabning deyarli yo‘qligining sabablaridan biri uni asosiy bozorga — Rossiyaga eksport qilishning noqulayligi ekani aytilmoqda.
O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida tarvuz bozorida murakkab vaziyat yuzaga keldi. Ushbu poliz ekinlarini yetishtiruvchilar tarvuzga talab yo‘qligidan shikoyat qilib, uni dalada terimsiz qoldirishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda EastFruit tahlilchilari xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrimlar tarvuzlarni faqat chorva mollarini boqish uchun yig‘ib olmoqda. EastFruit ulgurji narxlari monitoringi shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston bozorida yangi tarvuzning ulgurji narxi hozirda rekord darajada past va bir kilo uchun 8 sentni tashkil etadi. Biroq bu bozorga yetkazib berilgan va sotuvga qo‘yilgan mahsulot narxidir. Tarvuzni arzonroq narxda sotish esa foydasiz bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekistonda tarvuz narxining tushib ketishi va unga bo‘lgan talabning deyarli yo‘qligining sabablaridan biri uni asosiy bozorga — Rossiyaga eksport qilishning noqulayligidir. Rossiyada tarvuz narxi rekord darajaga tushib ketgan va ayni paytda ushbu mamlakatdagi tarvuzning ulgurji narxi uni O‘zbekistondan yetkazib berish qiymatiga taxminan teng.
Мавзуга оид хабарлар:
Sanepidqoʻmita fuqarolarni avtomobil yoʻllari yonidan tarvuz va qovun sotib olmaslikka chaqirdi