
Markaziy bank toʻlov tizimlarida pul oʻtkazmalari ustidan nazorat nima sababdan kuchaytirilganini tushuntirdi
Regulyatorning tushuntirishicha, qaror mijozlar uchun qoʻshimcha qiyinchilik tugʻdirmaydi.

Markaziy bank toʻlov xizmatlarida pul oʻtkazmalari ustidan nazoratni kuchaytirish mijozlarga qoʻshimcha qiyinchilik tugʻdirmasligini maʼlum qildi.
Ichki nazorat qoidalarining 312-bandiga koʻra, BHMning 30 baravari (11,2 mln soʻm) ga teng yoki undan ortiq miqdordagi elektron pullarni ichki pul oʻtkazmalarini amalga oshirishda oʻtkazma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joʻnatuvchining identifikatsiya maʼlumotlari bilan birga oʻtkazilishi taʼminlanishi kerak.
“Ushbu band talablari mijozlarga qoʻshimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydi, sababi ushbu talab toʻlov tashkilotlari va banklar oʻrtasida maʼlumot almashinuvi boʻyicha majburiyatlarga taalluqli boʻlib, mijoz tomonidan akkaunt ochilishida olingan, yaʼni mavjud identifikatsion maʼlumotlarni bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul oʻtkazmalarida oʻtkazma bilan birga yuborilishini taʼminlashlari lozimligini anglatadi”, — deyiladi xabarda.
Soʻnggi yangiliklar







