Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Prezident farmoni bilan Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezident farmoni bilan Abror Mirzo Muhammadqosimovich Olimov Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda bank matbuot xizmati.
Abror Mirzo Olimov 1988-yilda tug‘ilgan. 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr, 2012-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2020-yilda Xitotsubashi universitetining (Yaponiya) magistratura bosqichini tamomlagan.
U bank tizimida 10 yildan buyon ishlab kelmoqda, shu kungacha Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Olimov zimmasiga xalqaro hamkorlik, valyutani tartibga solish, xalqaro zaxiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatilgan. U, shuningdek, Respublika Valyuta birjasi ishini muvofiqlashtiradi.