8 Aprel 2025, 13:46 Oʻzbekiston

Maktablarda besh kunlik oʻquv haftasi joriy etilishini talab qiluvchi petitsiya yetarlicha imzo toʻpladi

Endi masʼul davlat organlari ushbu jamoaviy murojaatni koʻrib chiqishi shart.

Maktablarda besh kunlik oʻquv haftasi joriy etilishini talab qiluvchi petitsiya yetarlicha imzo toʻpladi

Taʼlim tizimini besh kunlik ish haftasiga oʻtkazishni talab qiluvchi petitsiya zarur miqdordagi imzolarni toʻpladi.

Tegishli davlat organlari jamoaviy taklifni koʻrib chiqishlari uchun 10 ming ovoz toʻplanishi lozim edi. “Mening fikrim” veb-portalida eʼlon qilingan, maktablarda besh kunlik ish haftasini joriy etishni talab qiluvchi petitsiya allaqachon 15 ming 607 ta imzoni qoʻlga kiritdi.

Taʼkidlash joizki, Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga kelib tushayotgan barcha murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Shundan soʻng murojaat boʻyicha rasmiy qaror qabul qilinadi va u “Mening fikrim” portalida eʼlon qilinadi. Murojaatni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddati 60 kundan oshmasligi kerak.

Mashhur yangiliklar