2 Aprel 2025, 07:38 Oʻzbekiston

Maktab vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport yoki ID-karta olishni so‘radi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilarni o‘z vaqtida pasport yoki ID-karta olishga chaqirdi. Bu hujjatlar OTMga kirish jarayonida ABITUR elektron dasturi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur.

Maktab vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport yoki ID-karta olishni so‘radi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport yoki ID-karta olishni so‘radi.

Vazirlik matbuot xizmatining yozishicha, OTMga kirish jarayonida abituriyentlarning hujjatlarini onlayn topshirish vaqtida bitiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi.

Shu sababli 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishi zarur, deya eslatdi MMTV.

Ushbu jarayonda bitiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida vazirlikning elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

Hozirga qadar joriy o‘quv yilida maktabni tamomlayotgan 450 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) nafari pasport (ID-karta) olmagani sababli ma’lumotlari elektron bazaga kiritilmagan.

Xabarda ota-onalardan farzandlariga hujjatlarni olishda, maktablar ma’muriyatlaridan esa ularning ma’lumotlarini elektron bazaga kiritishda yordam berish so‘raladi.

Mashhur yangiliklar