Maktab o‘quvchilarining kuzgi ta’tili qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
O‘quvchilarga dam olish uchun bir hafta ajratildi.

Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi, deya xabar bermoqda MMTV matbuot xizmati.
Amaldagi tartibga ko‘ra, joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 2025-yil 4-noyabr, seshanba kunidan boshlanadi. Ta’til 9-noyabrgacha davom etadi. Ikkinchi o‘quv davri mashg‘ulotlari 2025-yil 10-noyabr — dushanba kunidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqti tashkil etiladi. Shuningdek, mamlakatda muhandislik maktablari tashkil etiladi va o‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi. Tarbiyaviy ishlar ta’limning ajralmas qismi ekani, lekin o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qobiliyat va iste’dodini yuzaga chiqarish bo‘yicha hali yaxlit tizim yo‘qligi qayd etildi.
Izohlar