Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til boshlanadigan sana aytildi
Kichik sinf o‘quvchilari bir kun ko‘proq dam oladi.

2025-2026-o‘quv yilida umumta’lim maktablari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanishi haqida MMTV matbuot xizmati xabar berdi.
Hukumatning 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qaroriga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari (1-4-sinflar) uchun ta’til 27 dekabrdan (shanba) boshlanadi. Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha — jami 14 kalendar kun davom etadi. 11-yanvar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani uchun 3-chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Xavfsiz ta’lim” konsepsiyasi joriy etiladi. Maktablar va o‘quv markazlari qo‘riqlash tizimlari, ogohlantirish tugmalari va videokuzatuv moslamalari bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, jinoyatchilik yuqori bo‘lgan hududlarda, turizm obyektlari va ommaviy dam olish maskanlarida Qo‘riqlash boshqarmasining patrul naryadlari tashkil etiladi.
Izohlar