18 Mart 2025, 12:19 •Oʻzbekiston
Majburiy ovoz to‘plangan “Ochiq byudjet” loyihalari ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
Moliya vazirligi Quva tumanidagi maktabda o‘qituvchilarni ovoz berishga majburlash holati aniqlangandan so‘ng bunday qaror qabul qildi.

Majburiy yo‘l bilan ovoz berilgan “Ochiq byudjet” loyihalari ovoz berish bosqichidan chiqarib tashlanadi, deb xabar qilmoqda Moliya vazirligining matbuot xizmati.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 37-maktab xodimlarini “Ochiq byudjet” loyihasi uchun ovoz berishga majburlashgan. Huquq-tartibot organlari tekshiruv o‘tkazib, qonunbuzarlik faktini tasdiqladi.
Shu munosabat bilan Moliya vazirligi majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chiqarib tashlash talabi bilan xalq deputatlari tuman Kengashiga taqdimnoma yubordi. Vazirlik shuningdek, majburiy ovoz yig‘ish holatlari bilan to‘qnash kelgan fuqarolar 71 200-06-00 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi.
Мавзуга оид хабарлар:
“Ochiq byudjet” portalida “Mahalla byudjeti” boʻlimi ishga tushirildi
Soʻnggi yangiliklar

Temu O‘zbekistonga qaytishi mumkin
18 Mart 2025, 21:43
Abduqodir Husanov O‘zbekiston tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi
18 Mart 2025, 21:40
O‘zbekistonda poraxo‘r advokatlarga qarshi reydlar o‘tkazildi
18 Mart 2025, 21:16
Sirdaryoda IIB boshlig‘i o‘rinbosari pora olganlikda ayblandi
18 Mart 2025, 18:23
Toshkent viloyatidan yana 122 gektar yer Yangi Toshkent hududiga o‘tkazildi
18 Mart 2025, 17:30
Rublning keskin o‘sishi fonida dollar qadrsizlanmoqda
18 Mart 2025, 16:50
Toshkentda o‘quvchi qizga hujum qilgan yigit ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
18 Mart 2025, 16:04
Toshkentdan bir soatda: Andijon aeroportining ochilish sanasi e’lon qilindi
18 Mart 2025, 15:15