O‘zbekistonda mahallalarni rivojlantirishga nisbatan kompleks yondashuv joriy etiladi va bu maqsad uchun 8,5 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Har bir hududda 2-3 tadan tuman tanlab olinib, ularda bir vaqtning o‘zida barcha mahallalarning muammosini hal qilish tizimi yaratiladi. Shu bilan birga, ushbu tumanlarda tadbirkorlik infratuzilmasi ham rivojlantiriladi. Buning uchun barcha manbalar hisobidan 8,5 trln so‘m yo‘naltiriladi.

Deputatlarga o‘z okrugidagi muammolarni hal qilish uchun 500 mlrd so‘m beriladi. Bundan tashqari, har bir deputatning “yashil hudud” yoki “yashil bog‘” yaratish bo‘yicha tashabbuslariga 330 mln so‘mdan yo‘naltiriladi. Qayd etilishicha, bunday yondashuv 2030-yilga qadar sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlardagi barcha mahallalarga “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini olib kirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval prezident 2026-yil nomini e’lon qilgandi. Yangi bosqichda O‘zbekiston xalqiga e’tibor qaratiladi.