O‘zbekiston

Magistratura imtihonlari natijalari e’lon qilindi

O‘qish uchun 20 mingdan ortiq o‘rin ajratilgan.

Oliy ta’lim vazirligi 2025/2026 o‘quv yili uchun davlat OTM magistraturasiga qabul natijalarini e’lon qildi.

Abituriyentlarning my.edu.uz elektron tizimi orqali yuborgan arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Yakunlar bilan abituriyentlar shaxsiy kabinetida tanishishlari mumkin.

Magistratura uchun kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllariga 21 ming 949 o‘rin ajratilgan.

Bundan tashqari, hukumat tomonidan xorijiy va xususiy oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun 1 320 ta, ayollar uchun 4 000 ta o‘rin, shuningdek, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta grant ajratildi.

Avvalroq OTMlarni moliyalashtirish ballarga bog‘liq bo‘lishi xabar qilingandi. Muassasalar ularni bir necha toifa bo‘yicha olishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная