10 Avgust 2024, 02:13 •Oʻzbekiston
Lazizbek Mullojonov ham Olimpiada chempioniga aylandi
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi 5 ta oltin, 3 ta bronza — jami 8 ta medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida 14-o‘ringa ko‘tarildi.
2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi boksda uchinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
+92 kg vaznda Lazizbek Mullojonov finalda asli kubalik bo‘lgan, Ozarboyjon vakili Alfonso Dominges bilan to‘qnash kelib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa O‘zbekistonning Parij Olimpiadasida qo‘lga kiritgan medallari 8 taga yetdi — 5 ta oltin, 3 ta bronza. Umumjamoa hisobida delegatsiya 14-o‘ringa ko‘tarildi.
Shuningdek, O‘zbekiston oltin medallar soni bo‘yicha Rio-2016da o‘rnatilgan rekordni (4 ta edi) yangiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi
19 Sentabr 2024, 19:21Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi
19 Sentabr 2024, 18:43Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08