O‘zbekiston

Kuchsiz yomg‘ir va changli shamol: 14-oktyabr uchun ob-havo

Iliq ob-havo kutilmoqda.

14-oktyabrda O‘zbekistonda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol chang-to‘zon bilan kuchayadi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 25-27° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda kechasi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 29-34° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Avvalroq o‘zbekistonliklarni yog‘ingarchiliksiz iliq hafta kutayotgani xabar qilingandi. Ba’zi hududlarda chang bo‘ronlari kutilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная