15 Oktabr 2024, 18:43 Oʻzbekiston

Kuchli taʼsir qiluvchi dorlar savdosi bilan shugʻullangan shaxslar ushlandi

Ruhiyatga kuchli taʼsir qiluvchi dorlar savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi.

Kuchli taʼsir qiluvchi dorlar savdosi bilan shugʻullangan shaxslar ushlandi

Uchtepa tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar Sh.T. va D.T. ushlagan.

Ular fuqaro A.A.ga jami 10 quti “TAWON LIAR” nomli dori vositasini 2,2 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ularning “Spark” rusumli avtotransport vositasi yuk xonasidan 13 turdagi jami 1,482 ming dona inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar