Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Kosonsoy tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirgan 28 ta tender savdolari ustidan monitoring o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yilda 15 ta boshlang‘ich narxi 970 mln so‘mga yaqin va 2024 yil birinchi yarim yilligida 13 ta 1 mlrd 356 mln so‘mlik tender savdolarida buyurtmachi tashkilot tomonidan ishtirokchilar (“ISLAMOV TRADER” MChJ, “BERUNIY MEDICAL”MChJ) taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini belgilashda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, hududiy boshqarma tomonidan buyurtmachiga (Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi) “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilishini bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi