7 Fevral 2025, 14:34 Oʻzbekiston

“Konvertda” oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda xufiyona faoliyat yuritib, “konvertda” oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi.

“Konvertda” oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi

Xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, ikki yil oldin savdo va xizmatlar sohasidagi korxonalarga ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilandi. O‘tgan davrda korxonalar soni 1,5 karra oshib, ulardagi ishchilar 220 mingga ko‘paydi.

Ko‘p korxonalar “soya”dan chiqib, oylikni to‘g‘ri ko‘rsatishga o‘tgani hisobiga, ish haqi 3,2 karra ko‘payib, qo‘shimcha 2,1 trillion so‘m soliq tushdi.

Shu bois ko‘p tadbirkorlar imtiyoz muddatini yana uch yilga uzaytirishni so‘ramoqda. Bu taklif ma’qullanib, endilikda imtiyoz servis korxonalarining kamida 3 million so‘m oylik oladigan 30 yoshgacha bo‘lgan ishchilariga qo‘llanishi belgilandi.

Qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi.

Mashhur yangiliklar