Konveksiya nima — mutaxassis javobi
Ekologiya qo‘mitasi mutaxassisi hodisa havo sifatiga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xodimi Nozim Nosirov konveksiya nima ekani haqida ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, konveksiya oqimlarning aralashuvi natijasida suyuqlik yoki gazda issiqlik va moddaning ko‘chishi jarayonidir. Shu bilan birga, issiq qatlamlar (kamroq zichlikka ega) yuqoriga ko‘tariladi, issiqlikni olib keladigan tabiiy aylanish sodir bo‘ladi va sovuq qatlamlar (ko‘proq zichlikka ega) pastga tushadi.
Konveksiyani suvli qozonda kuzatish mumkin, bunda suv pastdan isitiladi, issiq qismi yuqoriga ko‘tariladi, sovuq qismi pastga tushadi, natijada suvning butun hajmi isiydi, atmosferada, xonani isitishda, radiatorlar havoni isitadi, issiq havo yuqoriga ko‘tariladi, sovuq havo pastga tushadi, shuningdek, okean va dengizlarda.
Atmosfera konveksiyasi — bu issiq havoning yuqoriga ko‘tarilishi va uning pastki qismidagi o‘rnini sovuqroq havo egallashi jarayonidir. Kuchli konvektsiyada havo vertikal yo‘nalishda faol aralashadi, ifloslantiruvchi moddalar tarqaladi va havo tozalanadi.
Kuchli konveksiyada — yer yuzasi qiziydi, intensiv konvektiv oqimlar paydo bo‘ladi, ifloslantiruvchi moddalar va zarrachalar yuqoriga ko‘tariladi, tarqaladi va ularning yer yuzasi yaqinidagi konsentratsiyasi kamayadi. Natijada havo tozaroq bo‘ladi.
Kuchsiz konveksiyada — yer yuzasi soviydi, iliq havo ko‘tarilmaydi, konveksiya kuchsizlanadi va ifloslanish yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planadi. Natijada havoning ifloslanishi yuzaga keladi.
Mavzuga doir: Harorat inversiyasi nima — mutaxassis javobi. Mutaxassis, shuningdek, kun davomida PM2.5 ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining paydo bo‘lish jarayonini tasvirlab berdi.
Izohlar