Kelasi hafta boshida ob-havo qanday boʻlishi aytildi
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi.

“Oʻzgidromet” 10-12-fevral kunlari uchun ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 10-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 11-12-fevralda baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-fevralda 5-10 daraja sovuq, 11-12-fevralda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 10-11-fevralda 0-5 daraja iliq, 12-fevralda 2-7 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10-fevralda 5-10 daraja sovuq, 11-12-fevralda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-fevralda kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq; 11-12-fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-fevralda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, 11-12-fevralda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-11-fevralda 0-5 daraja iliq, 12-fevralda 2-7 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 10-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 11-12-fevralda baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-fevralda 2-7 daraja iliq, 11-12-fevralda 0-5 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-fevralda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, 11-12-fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







