15 Fevral 2025, 18:25 Oʻzbekiston

Kelasi hafta boshida ayrim hududlarda qor yog‘adi

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Kelasi hafta boshida ayrim hududlarda qor yog‘adi

“Oʻzgidromet” 17-19 fevral kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 fevralda 1-6 daraja sovuq, 18-19 fevralda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 17-18 fevralda 6-11 daraja iliq, 19 fevralda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 18 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 19 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 17 fevralda 1-6 daraja sovuq, 18-19 fevralda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 17-18 fevralda 6-11 daraja iliq, 19 fevralda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 fevralda Samarqand viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 17 fevralda 8-13 daraja iliq, 18-19 fevralda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17 fevralda 12-17 daraja iliq, 18-19 fevralda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 17 fevralda 6-11 daraja iliq, 18-19 fevralda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, 18-19 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar