24 Sentabr 2024, 11:57 •Oʻzbekiston
Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
2025 yil 1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar amalga oshiriladi:
- 2025 yil 1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
- 2025-2026 o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi;
- 2025 yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.
AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida:
- kambag‘al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi;
- tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Ayrim kambag‘al oilalarga subsidiya ajratiladi Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlandi Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi Oʻzbekistonda injenerlik maktablari tashkil etiladi Bog‘chada kobralar bilan tomosha ko‘rsatilishiga aloqador shaxslarga chora ko‘rildi
Soʻnggi yangiliklar

Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirilmoqda
18 Fevral 2025, 10:15
Chilonzor tumanida “Tashvish” tugmalari o‘rnatildi
18 Fevral 2025, 09:40
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
18 Fevral 2025, 08:53
O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasiga rahbarlar saylandi
18 Fevral 2025, 08:17
18-fevral kuni ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi
18 Fevral 2025, 07:35
Sirdaryoda yong‘in bo‘lgan uydan 3 nafar bola qutqarildi
17 Fevral 2025, 19:08
Samarqandda qaynona kelinini qaychi va oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi
17 Fevral 2025, 18:33
Bojxona qo‘mitasi raisi Yengil atletika federatsiyasiga ham bosh bo‘ldi
17 Fevral 2025, 17:55