Kambag‘al oilalar a’zolariga subsidiya ajratiladi
Ularga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

“2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Og‘ir toifadagi 300 ta mahallada kooperatsiya asosida 180–500 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi.
2025 yil 1 apreldan 2028 yil 1 yanvarga qadar yangi tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash kooperativlari uchun ijtimoiy soliq hamda ularga ishga qabul qilingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi.
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida 2025 yil 1 dekabrgacha kreativ sohalar klasteri tashkil qilinadi.
Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida:
- 2025 yil 1 fevraldan ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, kambag‘al oilalar a’zolarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga manzilli o‘qitish tizimi joriy etiladi;
- 2025 yil 1 martdan aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash jarayonlarini raqamli nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
- 2025 yil 1 apreldan 12 ta yangi kasb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Ayrim kambag‘al oilalarga subsidiya ajratiladi Endi migrantlar ham ipoteka krediti olishi mumkin bo‘ladi Oʻzbekistonda aholi daromadini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlar joriy qilinadi O‘zbekistonda kambag‘al oilalar a’zolarini kasbga o‘qitish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi O‘zi harakatlana olmaydigan fuqarolarga qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yiladi
Soʻnggi yangiliklar







