26 Fevral 2025, 19:14 Oʻzbekiston

Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov 32 yoshida vafot etdi

Marhumni uzoq yillardan buyon qandli diabet kasalligi qiynab kelgani aytilmoqda.

Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov 32 yoshida vafot etdi

Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov 32 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnalistning do‘sti Ilyos Safarov Facebook sahifasida maʼlum qildi.

Aytishicha, u og‘ir xastalikdan davolanayotgan edi.

Alisher Ro‘zioxunov bir necha yil davomida O‘zbekistonning qator nashrlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, “Gazeta.uz”, “Bugun.uz”, “Kun.uz” saytlaridagi maqolalari bilan omma eʼtiboriga tushgan edi.

Ro‘zioxunov, shuningdek, Aksent loyihasida ham faoliyat olib borgan.

Mashhur yangiliklar