Jizzaxdagi ko‘lda noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazdi
Holat yuzasidan sud organlariga taqdim etish va qonuniy choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar tayyorlandi.

Samarqand viloyatida fuqarolar noqonuniy ravishda baliq ovlab, tabiatga 487 million so‘mlik zarar yetkazdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Arnasoy tumanida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi tomonidan noqonuniy baliq ovlash holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Unda Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi S.M. va S.S. noqonuniy baliq ovlagani uchun ushlandi.
Tekshiruv davomida qoidabuzarlar yonida 145 kilogrammga yaqin baliq va baliq ovlash vositalari borligi aniqlandi. Hodisa oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 487 million so‘mni tashkil qilgani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan sud organlariga taqdim etish va qonuniy choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar tayyorlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mga qurilgan stadion vayron bo‘ldi Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi Buxoro va Jizzaxda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Jizzaxda 588 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar fosh etildi
Soʻnggi yangiliklar







