Jizzaxdagi kafeda janjal chiqargan xo‘randalarga jinoyat ishi ochildi
Jizzax shahridagi ovqatlanish shoxobchasida ishchilarni kaltaklagan xo‘randalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyatining Jizzax shahridagi ovqatlanish shoxobchasida mushtlashuv ro‘y bergani tasvirlangan videotasvirlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, videodagi holat o‘tgan yilning 23 avgust kuni sodir bo‘lgan. Do‘stlik mahallasidagi kafeda Jizzax shahri Forish hamda Zomin tumanlarida yashovchi O.O., O.Q., X.X., D.T, J.Q. va X.D. o‘rtasida janjal yuz bergan. Oqibatda Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi X.D. bir qator tan jarohatlari olgan.
Kelishmovchilik X.D. va sheriklarining yeyilgan taom uchun haq to‘lamagani hamda kafe xizmatchilarini haqorat qilgani ortidan kelib chiqqan.
O‘z navbatida, 5 nafar ayblanuvchi qo‘lga olinib, jabrlanuvchi sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bugungi kunda tergov harakatlari yakunlangan bo‘lib, jinoyat ishi tegishli sud organida ko‘rib chiqilishi uchun prokuraturaga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda erkak xotinini pichoqlab o‘ldirgani aytilmoqda Jizzaxda 19 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi Toshkentda Gentra haydovchisi odamlarni bosib ketishga urindi Jizzaxda tadbirkor 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Jizzaxda 23 yoshli ayolni fohishalik uchun Rossiyaga sotib yubormoqchi bo‘lgan erkak qamaldi
Soʻnggi yangiliklar







