Jizzaxdagi bog‘chada 2 nafar bola ovqatdan zaharlandi
Paxtakor tumanidagi bog‘chada 2 nafar tarbiyalanuvchi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi.
Jizzaxning Paxtakor tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ommaviy zaharlandi, deb xabar bermoqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.
Holat viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, 2-avgust kuni bog‘chada tarbiyalanayotgan I.F. (qiz bola, 2020-yilda tug‘ilgan) va S.T. (qiz bola, 2019-yilda tug‘ilgan)ning tana harorati ko‘tarilgan. Ota-onasi tomonidan shifoxonaga olib borilganda, bolalar ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.
Shuningdek, shu kunning o‘zida ushbu bog‘chada tarbiyalanayotgan qolgan 14 nafar bola ham yuqumli kasalliklar bo‘limida shifokorlarning kuzatuviga olinib, zarur muolajalar olgan. Ularga sog‘ligidan shikoyat aniqlanmagani tufayli uylariga javob berilgan.
Epidemiologik surishtiruv davomida bolalarga nonushta payti berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan shaxs qamaldi Samarqandda bir oilaning 4 a’zosi botulizmdan zaharlandi Fargʻonada 4 nafar fuqaro fast-fuddan zaharlandi Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi Toshkent viloyatida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi