Jizzaxda yangi tugʻilgan chaqaloq oʻgʻirlab ketildi
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs protsessual tartibda qoʻlga olingan, unga nisbatan tegishli qonuniy chora koʻrilishi taʼminlanadi.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialidan yangi tugʻilgan chaqaloq oʻgʻirlab ketildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Zafarobod tumani Yorqin shaharchasida yashovchi ayol IIOga 2025-yilning 28-yanvar kuni dunyoga kelgan oʻgʻil farzandi nomaʼlum ayol tomonidan oʻgʻirlab ketilgani yuzasidan murojaat qilib, uni topishda amaliy yordam soʻragan.
Maʼlum boʻlishicha, shu yilning 31-yanvar kuni taxminan kechki soat 19:30 larda 25-30 yoshlardagi yuziga tibbiy niqob taqqan notanish ayol jabrlanuvchining xonasiga kirib, “bolangizni shifokor koʻrigiga olib boraman” deb, chaqaloqni olib ketib qaytib kelmagan.
Chaqaloq shu kunning oʻzida, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida topilgan. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs protsessual tartibda qoʻlga olingan.
“Unga nisbatan tegishli qonuniy chora koʻrilishi taʼminlanadi”, deyiladi IIB xabarida.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mga qurilgan stadion vayron bo‘ldi Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi Qoraqalpog‘istonda 845 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi Buxoro va Jizzaxda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







