Jizzaxda tadbirkor 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Mazkur noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tadbirkor ko‘p miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati.
“Hududgaz Jizzax” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “G‘allaoroltumangaz” GTB va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda aniqlanishicha, Samarqand ko‘chasida yashovchi fuqaro xonadonida rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanib kelgan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 354 million so‘mlik zarar aniqlandi.
Mazkur noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mga qurilgan stadion vayron bo‘ldi Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi Respublika boʻylab 53,7 ming aholi gaz taʼminotidan vaqtincha uziladi Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi Buxoro va Jizzaxda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







