Jizzaxda novvoyxona 106,6 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Respublikaning ikki hududida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tumani boʻlimi va ETK xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda fuqaro Sh.S. Ariqboʻyi MFY hududida joylashgan yer maydoniga oʻrnatilgan suv nasosini elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulab, jami 117 mln soʻmlik elektr energiyasidan oʻgʻirlik yoʻli foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Sharof Rashidov tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergov qadar tekshiruvda YATT F.Sh. va boshqalar novvoyxona faoliyatini yoʻlga qoʻyib, jami 106,6 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 19 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi Jizzaxda tadbirkor 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Jizzaxda 23 yoshli ayolni fohishalik uchun Rossiyaga sotib yubormoqchi bo‘lgan erkak qamaldi Jizzaxda yangi tugʻilgan chaqaloq oʻgʻirlab ketildi Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi
Soʻnggi yangiliklar







