Jizzaxda kanal bo‘yidagi 13 tup tut daraxti kesib ketildi
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida 13 tup tut daraxti noqonuniy kesilgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Qayd etilishicha, tumanning Mevazor mahalasidan o‘tuvchi “Sarkisov” kanali yoqasida 13 tup tut daraxti fuqaro tomonidan kesib ketilgan. Oqibatda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 4, 37, 49-moddalari talablari buzilgan.
Huquqbuzarlik sababli o‘simlik dunyosiga 369 mln 375 ming so‘m zarar yetgan. Moratoriy davrida daraxtlar va butalarga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi va shunga asoslangan holda zarar miqdori 738 mln 750 ming so‘m miqdorida belgilandi.
Ma’lumot uchun, “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 93-sonli qaroriga asosan ayrim tut daraxti turlari, xususan, kesilgan tutlar qimmatbaho daraxt turiga kiritilgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Do‘stlik tuman prokuraturasiga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirilmoqda Qo‘qonda bir guruh shaxslar ko‘p yillik chinorni arralab, qochib ketdi Jizzaxda 19 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi Qarshida 17 yoshli qiz oʻzini 16 qavatli uy tomidan tashladi Jizzaxda tadbirkor 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







