Jizzaxda fermer xo‘jaliklari 745 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jizzax viloyatida 745,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Baxmal, Yangiobod va Paxtakor tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “M.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulagan.
Shu orqalijami 745,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Zangiotada 417,1 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi Uch hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi Andijonda 612 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Toshkentda o‘zganing nomiga kredit olib, pullarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi Toshkentdan Equinox olib qochgan shaxslar qoʻlga olindi