Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi
Samarqanddan Toshkent tomon harakatlanayotgan yoʻlovchi avtobusi yoʻl tozalovchi maxsus transport vositasi borib urildi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yoʻlovchi tashuvchi avtobus va yoʻllarni tozalovchi maxsus transport vositasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.
Qayd etilishicha, holat 30-yanvar kuni soat 13:30 atrofida viloyat hududidan oʻtuvchi M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yoʻlining 1000 kilometrida sodir boʻlgan.
Samarqanddan Toshkent tomon harakatlanayotgan yoʻlovchi tashuvchi avtobus oʻzidan oldinda ketayotgan, yoʻllarni tozalovchi maxsus transport vositasining orqasidan borib urgan.
Hodisa oqibatida haydovchilarga ham, avtobus yoʻlovchilariga ham jiddiy jarohat yetmadi. Faqat uch nafar fuqaroga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatildi.
“Koʻrganimdayoq oʻngga burildim. Boʻlgan ish shu. Tezligim 70–80 edi chamasi”, deydi avtobus haydovchisi.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







