16 Avgust 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi javobgarlikka tortildi

Jizzax viloyatida tadbirkorlar murojaatiga befarq bo‘lgan 55 nafar hokim yordamchisi jazolandi.

Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi javobgarlikka tortildi

Ayrim hokim yordamchilari tadbirkorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi jarayonida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymoqda, deb yozdi biznes ombudsmani tahlil natijalariga tayanib.

Uning qayd etishicha, qonunchilikka ko‘ra, hokim yordamchisi tadbirkorning kredit olish uchun arizasini 5 kun ichida ko‘rib chiqib, Yagona elektron platformaga o‘z xulosasini kiritishi shart.

Ammo Jizzax viloyatidagi 55 nafar hokim yordamchisi ushbu talabga rioya qilmagan, deyiladi xabarda.

Ularning harakatsizligi oqibatida 110 dan ortiq tadbirkorning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan.

Xususan, Zomin tumanidagi MCHJ rahbarining kredit olish uchun arizasi belgilangan muddatdan 60 kunga kechikib ko‘rib chiqilgan.

Holatlar yuzasidan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Mashhur yangiliklar