Jizzaxda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jizzaxda 4 ta avtomashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida yo‘lovchi jarohatlandi.
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 yo‘lida 4-sentyabr kuni soat taxminan 17:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yo‘lning dovon qismida harakatlanib kelayotgan “Gaz-52” yuk avtomashinasi haydovchisi nishablikda boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda ushbu yuk avtomashinasi o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Captiva’ning orqa chap yon tomonidan va Nexia-3’ning orqa tomonidan urgan. To‘qnashuv oqibatida Nexia-3 o‘zidan oldinda bo‘lgan Spark avtomashinasining orqa qismiga urilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Nexia-3 avtomashinasi yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish va rasmiylashtirish vaqtida avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 9 yoshli qizning o‘limi bilan tugagan YTH bo‘yicha tergov davom etmoqda Buxoroda yuz bergan ayanchli YTH yuzasidan maʼlumot berildi Buxoroda mashina urib ketishi oqibatida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi Samarqandda KamAZ va 7 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Toshkentda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 11 yoshli qizni mashina urib yubordi