5 Fevral 2025, 11:27 •Oʻzbekiston
Jizzaxda 23 yoshli ayolni fohishalik uchun Rossiyaga sotib yubormoqchi bo‘lgan erkak qamaldi
Do‘stlik tumanida o‘ziga notanish bo‘lgan ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lgan erkakka hukm o‘qildi.

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida 23 yoshli ayolni fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, 29 yoshli erkak o‘ziga notanish bo‘lgan ayolni Rossiyaga fohishalik qilish maqsadida sotib yubormoqchi bo‘lganida ushlangan.
“Aybimga iqrorman, pushaymonman. Oilada yagona boquvchiman. Xotinim homilador va bir nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Suddan yengillik so‘rayman”, dedi ayblanuvchi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumani sudi erkakni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (Odam savdosi) bilan aybli deb topdi. Unga nisbatan 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda yangi tugʻilgan chaqaloq oʻgʻirlab ketildi Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi Jizzaxda 0,30 ga yerni 700 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi Jizzaxda milliy sertifikat olishda yordam berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Jizzaxda kanal bo‘yidagi 13 tup tut daraxti kesib ketildi
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekiston bir yilda qancha elektromobil import qilgani ochiqlandi
7 Fevral 2025, 08:56
Poytaxtning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
7 Fevral 2025, 08:20
“Oʻzgidromet” bugun qanday ob-havo kuzatilishini maʻlum qildi
7 Fevral 2025, 07:33
Toshkent shahrida 1 sotix yer necha pul?
6 Fevral 2025, 19:28
“O‘zgidromet”: Yanvar eng sovuq oy sifatidagi nomini oqlamadi
6 Fevral 2025, 18:48
Qarzdor xonadon sabab butun uy issiqlik ta’minotidan uzilishi rad etildi
6 Fevral 2025, 18:03
Shveysariya Gulnora Karimovadan musodara qilingan 182 mln dollar O‘zbekistonga qaytaradi
6 Fevral 2025, 17:34
Samarqandda haydovchi YPX xodimini sudrab ketdi
6 Fevral 2025, 17:02