12 Fevral 2025, 14:52 Oʻzbekiston

Jizzaxda 19 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi

Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jizzaxda 19 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi

Jizzax viloyatida fuqaro 19 tup daraxtni noqonuniy kesib tashladi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 18-dekabr kuni fuqaro T.A. tomonidan Zarbdor tumanidagi “Keriz” qabristoni hududidan qimmatbaho (manzarali) bo‘lgan 17 tup past bo‘yli qayrag‘och va 2 tup ko‘k terak daraxtini noqonuniy kesishi oqibatida o‘simlik dunyosiga 435 mln 750 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar