20 Iyul 2024, 10:31 Oʻzbekiston

Jizzaxda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Jizzaxda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

Jizzax shahridagi 1 mlrd 354 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish materiallarini ishlab chiqarish sexi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha,“B.D.” MCHJ rahbari R.K. jamiyatga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish sexidagi gaz qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan yer ostidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvuriga yashirish ravishda ulab, 1 mlrd 354 mln so‘mlik 902,6 ming kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan “B.D.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik), 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Mashhur yangiliklar