Jizzax viloyatida kichik atom elektr stansiyasi qurilishining asosiy bosqichi boshlandi
Stansiya kamida 60 yil xizmat qiladi.

Jizzax viloyatida kichik quvvatli atom elektr stansiyasini qurishning asosiy bosqichi boshlandi, deb xabar bermoqda “Rosatom” axborot xizmati.
Qurilish maydonida RITM-200N reaktori o‘rnatilgan energoblok kotlovanini qazish ishlari boshlandi. “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev va “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev ishning asosiy bosqichiga start berishdi. Birinchi bosqich Forish tumanida qurilayotgan RITM-200N reaktorli ASMM energobloki uchun kotlovan qazishni o‘z ichiga oladi.
Stansiya uchun taxminan 1,5 million kub metr tuproq qazib olinadi, kotlovan chuqurligi 13 metrga yetadi. ATMMni qurishda yuqori darajadagi mahalliylashtirish ko‘zda tutilgan. Ishlar O‘zbekiston subpudrat tashkilotlari tomonidan bajarilmoqda.
“Rosatom” kamida 60 yil xizmat qiladigan stansiya quradi va uni ekspluatatsiya qilishda barcha zarur yordamni ko‘rsatadi. Bizni ko‘plab o‘n yillik samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik kutmoqda, — dedi Aleksey Lixachev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya birinchi o‘zbek atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hujjatlarni imzolagandi. Tomonlar, shuningdek, yoqilg‘i yetkazib berish shartnomasining asosiy shartlari to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Izohlar