Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda biznesga bosim o‘tkazayotgan guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish uchun yetarli resurslar borligini aytib, bunday guruhlarga ayrim sportchilar ham qo‘shilib qolayotganini ta’kidladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Mamlakat yetakchisi so‘nggi paytlarda mamlakatda o‘zini qonundan ustun qo‘yib, tadbirkorlarga bosim o‘tkazayotgan, ularning biznesini egallashga urinayotgan, murakkab moliyaviy jinoyatlarni sodir etib, mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazayotgan ayrim jinoiy guruhlar faoliyati kuzatilayotganini ta’kidladi.

Lekin so‘nggi paytlarda o‘zini qonundan ustun qo‘ygan, tadbirkorlarga bosim qilib, ularning biznesini egallab olishga harakat qilayotgan, iqtisodiyotimizga jiddiy putur yetkazadigan murakkab moliyaviy jinoyatlarni sodir etayotgan, o‘zini “qozi” deb hisoblab, odamlar o‘rtasidagi oldi-berdi masalalarni hal qilib yurgan ayrim jinoiy to‘dalar ham kuzatilayotgani qayd etildi, — dedi prezident.

Davlat rahbari yana bir salbiy omil sifatida xorijda o‘zbekistonliklardan iborat jinoiy guruhlar mavjudligini qayd etdi. Ularning faoliyati davlatning xalqaro maydondagi imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Hamma eshitib olsin: bunday jinoiy to‘dalar faoliyatiga chek qo‘yishga kuch-qudratimiz yetadi va buni albatta qilamiz!
O‘zbekistonda fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz va investorlarni har qanday vaziyatda ham ishonchli himoya qiladigan davlat bor, Konstitutsiya bor, qonunlar bor!, — dedi prezident.

Avvalroq Toshkent va Toshkent viloyatidagi Issiqxonalar markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanishi haqida xabar berilgan edi. Korxonalar havo sifatini yaxshilash uchun ko‘mir va gazdan voz kechadi.