JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston Qatarga mag‘lub bo‘ldi
Parallel o‘yinda Eron KXDRni, BAA esa Qirg‘izistonni mag‘lub etdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralashining 3-turida safarda Qatarga mag‘lub bo‘ldi. 14-noyabr kuni Dohada bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:2 hisobida yakunlandi.
Birinchi bo‘lib hisobni qatarliklar ochdi. 25-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning eng yaxshi futbolchisi Akram Afifning pasidan so‘ng hujumchi Almoyez Ali tomonidan yakunlangan tezkor qarshi hujumni o‘tkazib yubordi.
Qatar shu futbolchilarining sa’y-harakatlari evaziga ikkinchi golni ham urdi. Afif jarima zarbasini amalga oshirdi, Ali esa oyog‘ini to‘p yo‘liga qo‘yishga ulgurib qoldi.
Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston Qatar himoyasini asosan qanotlardan yorib o‘tishga harakat qildi. 75-daqiqada esa bu o‘z samarasini berdi. Hojimat Erkinov o‘ng qanotdan jarima maydoniga kross uzatdi, uni Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi Abbobek Fayzullayev boshi bilan golga aylantirdi.
80-daqiqada Fayzullayev chap qanotdan oshirilgan to‘pdan keyin yana boshi bilan zarba berib dubl qayd etdi.
Terma jamoa yana bir nechta xavfli hujumlar uyushtirdi, ammo ularni golga aylantirma olmadi.
Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 12-daqiqada (102′) O‘zbekiston uchinchi golni o‘tkazib yubordi — Lukas Mendes to‘pni darvoza “to‘qqizligi»ga yo‘lladi.
Parallel o‘yinda Eron KXDRni (3:2), BAA esa Qirg‘izistonni (3:0) mag‘lub etdi.
Natijada A guruhida Eron 13 ochko bilan yakka peshqadamga aylandi, O‘zbekiston 10 ochko bilan ikkinchi, BAA 7 ochko bilan uchinchi o‘rinda. Ularni Qatar (7), Qirg‘iziston (3) va KXDR (2) ta’qib qilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qurʼa tashlandi O‘zbekiston media futbol jamoasi Jahon chempionatidagi yurishini to‘xtatdi O‘zbekiston media futbol jamoasi JCh chorak finaliga chiqdi O‘zbekiston media futbol jamoasi Jahon chempionatida qatnashmoqda Futbol bo‘yicha 2030 va 2034-yilgi jahon chempionati qayerda bo‘lib o‘tishi e’lon qilindiadi
Soʻnggi yangiliklar







