O‘zbekiston

Jazirama va chang: 23-iyul uchun ob-havo

Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

23-iyul kuni O‘zbekistonda 45 darajagacha issiq, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 24-26°, kunduzi 38-40° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi;
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi;
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 28-33° bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq sinoptiklar bir haftalik ob-havoni bashorat qilib, o‘zbekistonliklarga jazirama quyosh va chang-to‘zonli shamolni prognoz qilgandi. Shuningdek, shaharliklarga quyoshda kamroq bo‘lish tavsiya qilindi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная