O‘zbekiston

Jazirama chekinmoqda: 28-iyul kuni ob-havo

Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

28-iyul kuni O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
  • Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat kechasi 13-20° issiq, kunduzi 25-30° issiq bo‘ladi.
Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная